Ekskursiyalar va ma'lumotlarni so'rang.
Maple Bear Kanada maktablariga qiziqishingiz uchun tashakkur. Iltimos, quyidagi shaklni to'ldiring va bizning Maple Bear mutaxassislarimizdan biri tez orada bog'lanadi.
Bizning qulayliklarimiz maqsadli dizaynlashtirilgan bo’lib, o’rganish uchun yanada yaxshiroq shart-sharoitlar va qulayliklarni yaratishni ko’zda tutadi. Maple Bear har bir maktab va mintaqada mahalliy qoidalarga to’liq rioya qilishga intiladi, shu bilan birga resurslar, materiallar, o'yin jihozlari va kichik yoshdagi bolalarni o’rganish va parvarish qilish standartlaridagi yangiliklarga diqqat bilan e’tibor beradi.
SO`ROVLARMaple Bear o'quv dasturi Kanada ta'lim metodologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan aniq ta'lim natijalarini taqdim etadi, bunda muvaffaqiyatli o`quv hayot yo`li uchun har tomonlama barkamol bolalarni eng samarali ko`nikmalarga ega qilib o`stirishni maqsad qiladi. Kanada ta'lim tizimi O`quvchilar Bilimini Baholash bo‘yicha Xalqaro Dasturida (PISA – the Programme for International Student Assessment) doimiy ravishda dunyodagi eng yaxshi yetakchilar qatorida turadi. Kanada nafaqat ingliz tilini ta`lim berish bo'yicha, balki ikki tilli ta'lim bo'yicha dunyoda yetakchi va inklyuziv, ko'p madaniyatli mamlakatdir. Barcha muhim jihatlar va harakatlar kelajak yetakchilarini tarbiyalash uchundir.
SO`ROVLARMahalliy ishlab chiqilgan o'quv dasturi bilan bir qatorda, o`quvchilarimizga ingliz tilini Kanada til o`rgatish zamonaviy metodologiyasi asosida Maple Bear fakulteti tomonidan ishlab chiqilgan zamon talablariga mos til dasturlari orqali ta`lim beriladi.
SO`ROVLARBizning falsafamiz sinfda faol hamjamiyat yaratishga qaratilgan. Mobil ilova orqali ota-onalarga har kuni to'g'ridan-to'g'ri, kechayu kunduz sinfda nima sodir bo'layotgani haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, biz ota-onalar bilan ularning hamkorlari sifatida ishlaymiz, ota-onalar va o'zimizni bolaning ta'lim ekotizimidagi asosiy o'yinchilar deb hisoblaymiz.
SO`ROVLARMaktabda salomatlik va xavfsizlik eng birinchi o'rinda turadi. Maple Bear ob'ektlarida maktabga barcha kirishlar va o'quvchilar qat'iy nazorat qilinadi va kuzatiladi. Barcha xodimlar bolalarga birinchi yordam ko'rsatish uchun sertifikatlangan va puxta sanitariya siyosatini amalga oshirish, shuningdek favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha o'qitilgan. Bundan tashqari, litsenziyaga ega professional hamshira har doim maktab binolarida mavjud.
SO`ROVLAR