BOSHLANG’ICH TA’LIM BO’LIMI

Maple Bear Boshlang’ich ta’lim uchun mo’ljallangan dasturda bolalarning rivojlanishi uchun har bir fan bo'yicha motivatsiya va qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan mukammal, amaliy, qat’iy va tegishli o’quv dasturini ishlab chiqgan. Maple Bear bu dasturda bolalarning savodxonlik, hisoblash, fan, texnologiya, tahlil qilish va muammolarni hal qilish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam berishni kuzda tutadi, hamda bolalarning shaxsiy, akademik, ijodiy va jismoniy yutuqlarini rivojlantiradi. Bizning qiziqarli o’quv muhitimiz bolalarni bugungi dunyoda muvaffaqiyatga erishishga undaydi.

BOLAKAYLAR QANDAY O’RGANISHADI?

O’quvchilar o'zlarining ijodkorliklarini mashq qilishni davom ettiradilar va Maple Bearga qo'shilganidan beri rivojlantirib kelinayotgan yetakchilik rolini o’ynashni boshlaydilar. O’quvchilar tanqidiy fikrlashlarini rivojlantiradilar va bundan tashqari ular xarakter, fuqarolik, hamkorlik, muloqot va empatiya kabi ko’nikmalarni o’zlarida rivojlantiradilar.

YARATUVCHANLIK

creativity

TAJRIBA VA SINOV

experimentation

YETAKCHILIK

Leadership

Nima uchun Kanada metodologiyasini tanlashingiz kerak?

Kanada ta'lim tizimi O`quvchilar Bilimini Baholash bo‘yicha Xalqaro Dasturida (PISA – the Programme for International Student Assessment) doimiy ravishda dunyodagi eng yaxshi yetakchilar qatorida turadi.
Kanada nafaqat ingliz tilini ta`lim berish bo'yicha, balki ikki tilli ta'lim bo'yicha dunyoda yetakchi va inklyuziv, ko'p madaniyatli mamlakatdir. Barcha muhim jihatlar va harakatlar kelajak yetakchilarini tarbiyalash uchundir.